* Manba: Omdia, 2024-yil fevral. Ushbu tadqiqotlar Samsung tomonidan o‘tkazilmagan. Ularga tayanish – foydalanuvchining o‘z javobgarligida.
Ultra ravon harakatlar bilan g‘alabaga erishing
NVIDIA® G-SYNC® va AMD FreeSync™ Premium Pro qo‘llab-quvvatlanadi
Yuqori unumdorlik va past kechikishli ravon HDR bilan zavq oling. NVIDIA® G-SYNC® qo‘llab-quvvatlovchi grafik protsessor va AMD FreeSync™ Premium Pro kadrlar chastotasini sinxronlashtiradi va tasvirdagi uzilishlarni kamaytirib, o‘yinlarni ravon va tabiiy namoyish etadi.
* Past kechikish qiymati ichki sinov natijalariga asoslanadi va o‘yin sozlamalari yoki aniq sharoitlarga qarab o‘zgarishi mumkin.
* HDMI 2.1 orqali ulanganda kompyuter o‘yinlari uchun 4K formatda 240Hz/165Hz/144Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Sozlamalarda vaqt yo‘qotmang – darhol o‘ynashni boshlang
AI asosidagi avtomatik o‘yin rejimi
Har safar o‘yin sozlamalarini o‘zgartirib ovora bo‘lishni unuting. Samsung TV siz o‘ynayotgan o‘yin turini avtomatik aniqlaydi va maksimal samaradorlik uchun sozlamalarni optimallashtiradi. Endi siz bir zumda o‘yinga sho‘ng‘ishingiz va g‘alaba sari yo‘l olishingiz mumkin.
- * AI asosidagi avtomatik o‘yin rejimi faqat ayrim konsol o‘yinlarida mavjud.
- * Funksiyaning mavjudligi o‘yin janri, qurilma turi va formatiga qarab farq qilishi mumkin.
Game Bar – o‘yin paneli
O‘yin paneli sizga o‘yin davomida sozlamalarga tezkor kirish va to‘liq boshqaruv imkonini beradi. Ekran nisbati, mini-xarita masshtabi, virtual nishon, kiritish kechikishini tekshirish, FPS, HDR, VRR va boshqa parametrlarni moslab, o‘yin tajribangizni maksimal darajada yaxshilang.
O‘yin uchun televizorlardan qaysi biri sizga mos?
-
Toifa
-
Duyum
-
Gaming Motion Gaming Motion – bu hatto dinamik o‘yinlarda ham ravon harakatlar va yuqori sifatli tasvirni xiralashtirmasdan ta’minlovchi texnologiya.
-
Shu'lalarga qarshi texnologiya Shu'lalarga qarshi texnologiya – tashqi yorug‘lik manbalaridan tushadigan yaltirashlarni kamaytiruvchi texnologiya bo‘lib, u tasvirning aniqligini oshirishga xizmat qiladi.
-
HDR HDR (kengaytirilgan dinamik diapazon) – ekrandagi eng yorug‘ va eng qorong‘i tonlar orasidagi kontrast diapazonini kengaytiradi. HDR texnologiyasi yorqin, chuqur va mayda detallarni aniq aks ettirish imkonini beradi.
-
AMD FreeSync™ FreeSync texnologiyasi displey yangilanish chastotasi hamda GPU kadrlar chastotasini sinxronlashtirib, ravon o‘yin jarayoni uchun uzilishlar va silkinishlarni yo‘qotadi.
-
NVIDIA® G-SYNC® NVIDIA® G-SYNC® texnologiyasi grafik protsessorning displey bilan sinxronlashishi yordamida o‘yinlarni ravon va dinamikligini ta'minlab, uzilishlar va silkinishlarni kamaytiradi.
-
AI asosidagi avtomatik o‘yin rejimi AI asosidagi avtomatik o‘yin rejimi – o‘yin turini avtomatik aniqlab, optimal sozlamalarni tanlab beradigan sun’iy intellektga asoslangan o‘yin rejimi.
-
O‘yin paneli, Ultra keng o‘yin sahnasi, mini-xaritani avtomatik aniqlash O‘yin paneli, Ultra keng o‘yin sahnasi, mini-xaritani avtomatik aniqlash – o‘yin davomida qulaylik va kengroq ko‘rish imkonini beruvchi maxsus funksiyalar.
-
HDMI porti
-
OTS (Object Tracking Sound) OTS – Samsung’ning obyekt harakatini aniqlab, tovushni obyekt joylashuviga mos ravishda ekranda “harakatlantiradigan” innovatsion audio texnologiyasi. Tovush obyekt ekrandagi harakatga qarab joy o‘zgartiradi.
O‘yin uchun televizorlar haqida to‘liq ma’lumot
-
Yangilanish chastotasi nima?Yangilanish chastotasi – bu ekran bir soniyada tasvirni necha marta yangilashi yoki qayta chizishini bildiradi, o‘lchov birligi – gerts (Hz). Masalan, 60Hz yangilanish chastotasi ekran tasvirni soniyada 60 marta yangilaydi. Bu uzluksiz yangilanish o‘yinlarda ayniqsa muhim bo‘lgan ravon, uzilsiz tasvirni yaratadi.
Yuqori yangilanish chastotasi o‘yindagi vizual effektlarni aniq va yorqin saqlagan holda harakat paytida tasvirning kamroq xiralashuvi va o‘yin ravonligini ta’minlaydi. U, shuningdek, kiritishdagi kechikishni kamaytirishi evaziga sizga keskin o‘yin sharoitida ham tezkor javob berish imkonini beradi. Samsung o‘yin televizorlarida Motion Xcelerator Turbo Pro texnologiyasi dinamik sahnalarda takomillashtirilgan aniqlik darajasi va ravonlikni ta’minlaydi. -
HDMI 2.1 nima? Bu o‘yinlar uchun eng yaxshi HDMI portimi?HDMI 2.1 – bu yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan, kengaytirilgan audio va video imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan standart. U past kechikishli avtomatik rejim orqali kechikishni kamaytiradi va 4K 120Hz chastotasigacha bo‘lgan tasvirni uzatishni qo‘llaydi – bu uni o‘yinlar uchun ideal tanlovga aylantiradi.
-
Kechikish (input lag) nima?'Input lag – bu televizor sizning buyruqni (masalan, tugmani bosishingizni) qabul qilgandan keyin tasvirdagi javobni ko‘rsatguncha o‘tadigan vaqt. O‘yinlarda, ayniqsa First-Person Shooter (FPS) yoki sport o‘yinlarida bir necha millisekundlik kechikish ham yutish yoki yutqazish o‘rtasidagi farq bo‘lishi mumkin. Shu sababli past kechikishli televizor tanlash tavsiya etiladi.
Samsung o‘yin uchun televizorlaridagi Auto Low Input Lag texnologiyasi kechikishni sezilarli darajada kamaytiradi – bu esa ayniqsa tezkor o‘yinlarda ancha sezilarli ustunlik beradi. -
O‘yin uchun televizor (Gaming TV) nima?O‘yin televizori – o‘yin ishqibozlari uchun katta afzalliklar beruvchi maxsus funksiyalarga ega displey. Bu televizorlar har doim o‘yinchilar uchun maxsus ishlab chiqilmagan bo‘lishi mumkin, lekin ular yaxshi o‘yin tajribasining barcha mezonlariga javob beradi.
O‘yin uchun televizorlar yuqori yangilanish chastotasi, past kiritish kechikishi va yuqori aniqlik darajasi tufayli o‘yin ishqibozlariga sevimli o‘yinlarini ko‘proq nazorat qilish imkonini beradi. -
O‘yin uchun eng yaxshi televizor brendi qaysi?Ko‘plab turli brendlar sifatli o‘yin televizorlarini taklif qiladi. Samsung S95F, xususan, yuqori yangilanish chastotasi, past kechikishli avtomatik rejim, o‘zgaruvchan yangilanish chastotasi, HDMI 2.1 portlari va Gaming Hub kabi ajoyib funksiyalarga ega bo'lib, qiziqarli o‘yinlarga to‘liq sho‘ng‘ishga imkon beradi.
-
Qaysi turdagi televizor o‘yinlar uchun qulay?Barcha Samsung OLED, QLED va Neo QLED displeylari o‘yinlar uchun ayni mos keladi, ammo ularning har biri o‘ziga xos afzalliklarga ega. Samsung S95F yuqori kontrast, to‘yingan qora rang, yuqori yangilanish chastotasi va past javob berish vaqtini ta’minlab, qiziqarli va dinamik o‘yin jarayoni uchun ideal televizor bo‘la oladi. Samsung QLED televizorlari yuqori yorqinlik va ranglarning to‘yinganligi bilan ajralib turadi hamda kun yorug‘ligida ham o‘ynash uchun ma'qul keladi. Samsung Neo QLED televizorlari bo‘lsa tiniq oq rang va yuqori kontrastni ta’minlaydigan Mini LED texnologiyasi tufayli yana bir qadam oldinda bo‘lib, o‘yinlar va sport musobaqalarini tomosha qilish uchun ajoyib tanlov hisoblanadi.
-
Katta televizor o‘yin o‘ynash uchun yaxshi variantmi?Ha, katta televizor ko‘p jihatdan o‘yin tajribasini yanada yaxshilaydi. Katta ekran butun ko‘rish maydonini egallab, to‘liq sho‘ng‘ish effektini ta’minlashi mumkin. Shuningdek, boshqa o‘yinchilar bilan o‘ynash uchun televizor ekranini ko‘p o‘yinchili sahnaga osongina bo‘lish mumkin.
-
O‘yin uchun televizor tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?O‘yin televizorini tanlashda kechikish vaqti va yangilanish chastotasi kabi omillarni hisobga olish muhim, chunki aynan ular optimal o‘yin jarayonini ta’minlaydi.
Samsung S95F o‘yin sahnalarini ravon harakatlanish uchun optimallashtiradigan avtomatik past kechikish rejimi, shuningdek, o‘yindagi kadrlar chastotasiga dinamik ravishda moslashtiriladigan o‘zgaruvchan yangilanish chastotasi kabi funksiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular ravon ijroni ta’minlaydi va tasvirning xiralashishi, uzilishi va titrashini minimallashtiradi.
Displey o‘lchami va turi ham muhim — katta ekranlar kengroq ko‘rish burchagini ta’minlaydi, takomillashtirilgan panellar esa rang uzatish aniqligini oshiradi, o‘yin sahnalarini yanada to‘yingan va reallikka yaqin bo'lishiga yordam beradi. -
O‘yin uchun televizorning eng optimal o‘lchami qaysi?O‘yin televizorining o‘lchami o‘yin turiga hamda siz qanday taassurotlar olishni xohlashingizga bog‘liq.
Masalan, agar siz do‘stlaringiz va oilangiz bilan tez-tez o‘yin kechalarini uyushtirsangiz, u holda katta ekranli televizor barcha mehmonlaringiz uchun to‘liq ko‘rinishni ta’minlaydigan ajoyib tanlov bo‘ladi. Agar siz o‘zingiz o‘yinga sho‘ng‘ishni xohlasangiz, o‘rta o‘lchamli televizor yuqori yangilanish chastotasi va past kiritish kechikishi kabi tegishli xususiyatlarga ega bo‘lsa maqsadga muvofiq.
Ilg‘or texnologik imkoniyatlar tufayli Samsung S95F ekranning o‘lchamidan qat’iy nazar, ajoyib sho‘ng‘ish effekti va tengsiz o‘yin taassurotini taqdim etish imkonini beradi. -
Samsung televizorlaridagi AI asosidagi avtomatik o‘yin rejimi nima? Uni qanday ishlatish mumkin?AI asosidagi avtomatik o‘yin rejimi – bu Samsung o‘yin televizorlarining maxsus rejimi bo‘lib, unda televizor o‘yin turini aniqlaydi va tasvir hamda tovush sifatini avtomatik ravishda optimallashtiradi.
Bu rejimni yoqish uchun televizorga konsolni ulash kifoya. Samsung S95F Xbox, PlayStation yoki Nintendo Switch kabi ulangan konsol aniqlanganda AI asosidagi avtomatik o‘yin rejimiga o‘tadi. Parametrlarni sozlashingiz shart emas – televizor siz uchun barchasini bajaradi.