Q-seriyali ovoz paneli QS700F
Gallery popup
Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
Asosiy xususiyatlari
Xususiyatlari
O'rnatilgan joydan qat'iy nazar optimallashtirilgan qamrovli tovush ijrosi1
Asosiy xususiyatlari
Adaptiv joylashuv
Qulay joyni tanlang
Saundbar o'zining giro sensori yordamida joylashuvini aniqlaydi va tovushni avtomatik tarzda optimallashtiradi. Uni qayerga joylashtirishingizdan qat'iy nazar — devorda yoki stol ustida, u sizga Dolby Atmos sifatidagi tovushni ta'minlaydi.
Haqiqiy 3.1.2 kanalli tovush
Ekrandagi voqelikni jonlantiruvchi maftunkor tovush
3 ta frontal kanal, 1 ta sabvufer kanali va 2 ta yuqori yo'nalgan kanallar yordamida tovush ijrosiga sho'ng'ing. Shuningdek, to'plamda chuqur bass tovushlar uchun alohida ixcham 8 dyuymli sabvufer ham taqdim etiladi.
Adaptiv joylashuv
Dinamiklar saundbarning joylashuvidan kelib chiqqan holda frontal va yuqoriga yo'nalgan dinamiklarning faoliyatini avtomatik tarzda tartibga solish uchun ishlab chiqarilgan.
Yangi sabvufer
Bizning yangi kichraytirilgan sabvuferimizning chuqur bass tovushlarig baho bering. U interyeringizga ixcham va sezilmas tarzda joylashsa ham, uning tovush ijrosi samaradorligi o'zgarmaydi.
Simsiz Dolby Atmos
Oldindan o'rnatilgan kinoteatrdagi kabi tovush
O'zingizni mukammal uch o'lchamli tovush bilan qamrab oling. Simsiz Dolby Atmos bilan saundbarga ulanish orqali siz kinoteatrdagi kabi har bir tovushni yuqoridan va atrofingizdan aniq eshitasiz.
Q-Symphony texnologiyasi
Televizor va saundbar uyg'unligi
Q-Symphony texnologiyasi yordamida sun'iy intellekt ovozlar va fondagi tovushlarni ajratib oladi hamda ularni optimal kanal orqali ijro etadi. Natijada dialoglar tiniqroq ijro etiladi, televizor va saundbarning dinamiklari esa mutlaq uyg'unlikda ishlab, tomoshabinni uch o'lchamli tovushga sho'ng'ishiga yordam beradi.
SpaceFit Sound Pro
Sizning muhitingizga mos mukammal tovush sozlamasiAjoyib ovozdan zavqlaning. Saundbar tashqi muhitni tahlil qiladi hamda tovush ijrosini unga moslaydi hamda tovushning eng yuqori tiniqligi va sho'ng'ish effektini ta'minlash uchun bass tovushlarni ham optimallashtiradi.
Moslashuvchan tovush
Har bir sahna uchun ayni g'oyada o'ylangan tovush ijrosini ta'minlang. Saundbar siz tomosha qilayotgan kontentni avtomatik tarzda aniqlaydi hamda audio sozlamalarini avtomatik tarzda moslab, sizga tiniq ovozlar va aniq tovush ijrosidan zavq olish imkonini beradi.
Game Pro rejimi
Dinamik tovush yordamidagi o'yinga sho'ng'ishBoy uch o'lchamli tovush ijrosi bilan o'yinga to'liq sho'ng'ing. Saundbaringiz Samsung televizorig ulangan o'yin konsolini aniqlab, tovushni avtomatik tarzda sozlaydi.
O'rta bosimli bas
Chuqur bass tovushlardan tun vaqtida ham zavq olingSaundbar doimo kuchli bass tovushlarni ijro etish uchun yaratilgan. Sabvuferingiz o'chirilgn bo'lsa ham asosiy saundbar tomosha paytida sizni yuqori sifatli bass tovushlar bilan shod etadi.
Komponentlarning simsiz ulanishini qo'llab-quvvatlaydi.
Qamrovli tovush ijrosi uchun qo'shimcha imkoniyatlarWireless Rear Speaker Kit akustika to'plami saundbar imkoniyatlarini boyitadi va kinoteatrdagi kabi tovushni ta'minlaydi. Alohida orqa akustika va tovushni guruhlash bilan qo'shimcha ijro imkoniyatlari taqdim etiladi.
Ovozli yordamchi va musiqa strimingi
Sevimli ijrodan xavq olish uchun ko'proq imkoniyatlarGoogle Assistent o'rnatilgan qurilmadan foydalangan holda saundbaringizni ovoz bilan boshqaring. Shuningdek, Google Cast yoki Spotify Connect orqali audio va sevimli taronalaringizni saundbarga uzatishingiz mumkin. AirPlay orqali esa o'z iPhone va iPad qurilmalaringizdagi sevimli musiqa va podkastlaringizni tinglashingiz mumkin.
AirPlay
Sevimli musiqangizni saundbarga uzatishApple AirPlay bilan iPhone yoki iPad qurilmalaringizdagi sevimli musiqa va podkastlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Saundbarga ulanish uchun Apple qurilmasidagi AirPlay belgisini bosing.
HDMI eARC texnologiyasi
Sifatli tovushni mukammal uzatishSaundbarning HDMI eARC texnologiyasi televizor va ulangan qurilmalardagi mukammal tovush ijrosini ta’minlaydi. Endi siz Dolby Atmos kabi uch o‘lchovli audio formatlarini yuqori sifatda tinglashingiz mumkin.
SmartThings ilovasi
SmartThings ilovasi bilan moslikSmartThings ilovasi orqali saundbarni boshqarish qulayligiga baho bering. Sozlamalarni o‘zgartirish, guruhli ijro funksiyasini yoqish yoki ovozli yordamchi va musiqa strimingiga kirish uchun saundbarni mobil qurilmaga Wi-Fi orqali ulang.
Televizorga simsiz ulanish
Saundbarni televizorga simsiz ulashBir nechta sodda qadamda saundbarni Wi-Fi yoki Bluetooth orqali Samsung televizoriga ulang. Natijada audio va video uzatish mukammal sinxronlanadi hamda to‘liq immersiya effektini yaratadi.2
One Remote Control pulti
Sizning Samsung boshqaruv pultingiz nafaqat televizor uchun mos keladi. Uning yordamida saundbarni yoqish/o'chirish, tovush balandligi va tovush effektlari kabi funksiyalarini boshqarishingiz mumkin.
Samsung tovush laboratoriyasi
Soundbar bizning Kaliforniyadagi tovush laboratoriyamizda sinovdan o‘tkazilib va kalibrlanib, u yerda eng yaxshi ovoz muhandislari barqaror hajmli tovushni yaratish uchun ilg‘or akustik texnologiyalardan foydalanadilar.